Aziz mijozlarimiz!
6- aprel kunidan boshlab, quyidagi 29 ta avtosalonlardan birida (https://bit.ly/2Xwg41W) avto xarid qilgan mijozlar davlat raqami belgilarini mazkur avtosalonlarning o'zidan olishlari mumkin.
Bu ro'yxatga kiritilmagan avtosalonlardan mashina sotib olgan fuqarolar: siz esa karantin tugashini kutishingizga to'g'ri keladi. Karantin tugagach, DYHXX bo'limlarida tegishli tartibda davlat raqami belgilarini rasmiylashtira olasiz.
? Ha, yana bir gap, avtosalonning o'zida davlat raqami belgisini oladigan fuqarolar uchun:
Mazkur xabar e'lon qilingan kun, ya'ni, 13- aprel kunidan boshlab, siz 10 kun ichida yangi sotib olgan avtomashinangizni ro'yxatdan o'tkazishingiz kerak bo'ladi. Aks holda O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksga asosan javobgarlikka tortilishingiz mumkin.