Showroom
FairView Ave, El Monte
California 91732
You have a quotation for us?
leave your message below
or email us at info@autoshop.com
Opening Hour
Monday to Friday 7:00 - 21:00 Saturday 7:00 - 16:00
Phone
(+88) 0172 570051
(+88) 0172 570051

«TOSHKENTDEU» avtosaloni o'z brendi tarixida yangi sahifalarni ochadi! Endi faoliyatimizni "ASACAR" nomi bilan davom ettiramiz!

06.10.2020

O'zgarishlar vaqti keldi! ?

 

«TOSHKENTDEU» avtosaloni o'z brendi tarixida yangi sahifalarni ochadi! Endi faoliyatimizni "ASACAR" nomi bilan davom ettiramiz!

 

16 yil ichida «TOSHKENTDEU» avtosaloni uzoq yo'lni bosib o'tdi, albatta rivojlanishlar yuqori bo'lishi turgan gap. Avvalgi logotipning bizning intilishlarimiz hamda haqiqiy pozitsiyamizga mos kelmay qolishi ham tabiiy.

Yangi uslub — bu barchamiz uchun katta qadam. Mijozimiz tomonga bo'lishi shubhasiz! O'zgarishlarni neyming, logotip hamda vizual identifikatsiyada ko'rishingiz mumkin. Ular avto olamida o'z mavqei, ekspert darajasi mavjudligidan darak. Ish jarayonida eng zamonaviy tehnologiyalardan foydalanish va xodimlarimizning yuqori malakasi bu timsolni yanada to'ldirgan!

 

«TOSHKENTDEU», endilikda"ASACAR" mijozlar bilan tanishuv qalin do'stlikka aylanishi uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi. Biz bu hamkorlikni xilma-hil xizmat turlari hamda qulayliklar bilan mustahkamlash tarafdorimiz: YPX bo'limi, auksion raqamlar olish xizmati, kredit va sug'urta xizmatlari va boshqalar shu jumladan bo'lib, bularning baridan avtosalondan chiqmasdan turib foydalana olasiz. Ham vaqtingizni, ham naqdingizni tejaysiz, shunday emasmi?
Biz avto xaridi va servisning eng maqbul yechimlarini taklif etamiz. Bu quruq gaplar emas, balki sevimli, har kunlik ishimizga aylangan. Bir marta tashrif buyurgan mijozning salonimizga qaytishi biz uchun judayam muhim, maqsadimiz ham aynan shu, so'zimiz isboti sifatida UDS sodiqlik xizmatini ham ishga tushirdik.

UDS-TOSHKENTDEU tizimiga a'zo bo'lganingizdan so'ng safimizga qo'shilganingiz uchun 20 000 so'mlik bonus sizni xursand qiladi, shu bilan birga ilova orqali e'lon qilingan eng so'ngi aksiya va yangiliklardan xabardor bo'lasiz. Avto ehtiyot qismlari do'konimizdan tovar sotib olganingizda yoki avtoservis xizmatlaridan foydalanganingizda 3% dan 7% gacha keshbek yana hamyoningizga qaytariladi. Yig'ilgan va ishlatilgan ballarni ham bemalol monitoring qila olasiz.

Chevrolet oilasiga qo'shilgan har bir mijozning qulayligi, bizdan mamnun bo'lishi uchun o'sishdan to'xtamaymiz: siz uchun barchasiga tayyormiz!

Bizning manzil:
?Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasi, 152 A

Отправьте нам сообщения

Оставьте свое сообщение в этой форме, мы обязательно ответим!